Valeriy Zalujniy 1973 yilda tuğilgan va bolalikda komik bölişni orzu qilgan. Ammo buning örniga oilaviy an’anani davom ettirgan holda Odessadagi qömondonlik maktabiga öqişga kiradi. Uning diplomi AQŞ armiyasi tuzilmasiga bağişlangandi. U Rossiya harbiy fan maktabini ham hurmat qilgan. Zalujniy RF qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovning barça kitoblarini öqib çiqqan va uni «odamlarning eng aqllisi» deb atagan. «Men rus harbiy doktrinasi asosida ösganman va hamon barça harbiy ilmlar Rossiyada ekaniga işonaman», — degan Zalujniy Time naşriga.

U Qrim annexia qilinganidan keyin vzvod komandirligidan Donbassdagi qöşin qömondonligigaça bölgan yölni bosib ötdi. 2021 yilda unga Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonligini taklif etişadi. U esankirab qoladi: öşanda uning martabasi va maqomi bu lavozimga mos kelmasdi. Bundan taşqari, 2020 yilda uning rahbarligida Amerikaning Javelin raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz ötgan va u prezident ofisidagilar uni «Javelinlarni eplay olmagan şörtumşuq» sifatida eslab qolganiga amin edi. Ammo Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fuqarolik sohalaridagi kabi harbiy sohada ham özgarişlar bölişini istaydi.

Zalujniy Rossiyaning keng kölamli bosqini boşlanişi vaqt masalasi deb hisoblaydigan ofitserlar safiga mansub edi. Ukraina qurolli kuçlariga rahbarlik qilar ekan, u komandirlarga yuqori turuvçi qömondonlik ruxsatini kutmasdan öt oçişga ruxsat beradi. «Biz ularning hujumga bölgan iştiyoqini söndirişimiz kerak edi. Biz öz tişlarimizni körsatib qöyişimiz kerak edi», — deya izohlaydi Zalujniy. Uruş boşlanişi arafasida ukrain armiyasi maxfiy tarzda texnikalarni qayta joylaştiradi. Boş qömondon raqib Ukrainadagilar «naşa çekib, televizor körib va feysbukka post qöyib ötiribdi» deb öylaşini xohlagan.

24 fevral tongida Zalujniyning maqsadi ikkita edi. Birinçidan, Kiyevni uşlab qoliş. Ikkinçidan, Rossiya armiyasini mamlakat içkarisiga jalb etiş va uning ta’minot liniyasidagi zaif nuqtalardan foydalaniş. Uruşning oltinçi kuniga kelib u öz strategiyasi iş berayotgani, rossiyalik komandirlar esa «öz askarlarini şunçaki qirğinbarotga yöllayotgani»ni tuşunib yetadi. Keyin Rossiya Kiyev va Çernihiv oblastlaridan çekinadi, yarim yil ötib esa — Xarkiv oblasti ozod etiladi. Ammo Zalujniy avvalboşdan uzoq davom etuvçi uruşga tayyorlangan. «Bizning ğalabamiz nafas rostlaş va keyingi janglarga tayyorlaniş imkonini beradi», — degan u.

Time jurnali Valeriy Zalujniydan 2022 yil iyunida intervyu olgan. Naşr buni Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonining uruş boşidan buyon bergan ilk intervyusi deb atagan. Uni töliq holatda