Qayd etilişiça, 2021 yilda Özbekistonda 7 ming 214 ta holatda gödaklar ölimi qayd etilgan. 2020 yilda esa bu raqam 7 ming 54 tani taşkil etib, vafot etişlar soni 160 taga oşgan. Şu yilning 6 oyi davomida esa jami 3 ming 93 nafar gödak bu olamni tark etgan.
Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi a’zosi Manzura Salimovaning ta’kidlaşiça, bunga ayollar homiladorlik davriga qadar sifatli tibbiy körikdan ötkazilmagani, istalmagan homiladorlikning oldini oliş böyiça xavf guruhidagi ayollar kontratseptiv vositalar bilan ta’minlanmagani, hududlardagi tuğuruq muassasalarida salohiyatli mutaxassislar yetişmovçiligi, tuğuruqxonalarda zamonaviy jihozlar yöqligi, zarur infratuzilma yaratilmagani sabab bölmoqda.
“Prokuratura organlari tomonidan ötkazilgan örganişlarga köra, birlamçi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida homiladorlik davrida kuzatuvning sifatsizligi tufayli, homiladorlikka mutlaq moneligi bölgan ayollar olamdan ötgan.
Onalar ölimi 2021 yilda avvalgi yilning şu davriga nisbatan 27 taga kamaygan bölsa-da, ayrim hududlarda, ya’ni Buxoroda 5 taga, Xorazm viloyatida 3 taga, Qaşqadaryo viloyatida 1 taga oşgan”, – deydi senator.
Yiğiliş davomida mana şu muammolarga qator yeçimlar ham taklif qilindi.
“Mamlakatimizda tuğuruqlar soni oşib borayotganligi sababli tuğuruq muassasalaridagi örin-joylarni sanitariya me’yoriy talablarga mos ravişda köpaytiriş, tuğuruqxonalar va skrining muassasalarini salohiyatli kadrlar bilan ta’minlaş, tizimli ravişda ularning malakasini oşiriş kerak. Bu borada Rossiya Federatsiyasi mutaxassislarining ilğor tajribasi samara bermoqda.
2023-2027-yillarda bolalarda tuğma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlaş davlat dasturi doirasidagi tekşiruvlar soni 3 tadan zamonaviy metodikalarni tatbiq qilgan holda rivojlangan davlatlar normalariga bosqiçma-bosqiça yetkazilişi kerakligini tavsiya qilgan bölardim”, – deya qayd etadi Manzura Salimova.
Şuningdek, şifokor, hamşira hamda feldşerlarni IT yönalişida qayta tayyorlaş kurslarini yölga qöyiş hamda tuğuruqqa yordam beriş muassasalarida ma’lumotlar bazasi bilan işlaydigan mutaxassis ştat birliklarini joriy etiş, qolaversa, istalmagan homiladorlikning oldini oliş, tuğuruqlar oraliğini kamida 3 yilga yetkaziş uçun joylarda zarur vositalar ta’minoti töliq yaratilişi böyiça ham takliflar berildi.












