Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qabul qilish bo‘yicha tavsiya tayyorlayapti
Yevrokomissiya vakilining aytishicha, safarbarlikdan qochgan Rossiya fuqarolarining YeIga kirishi bo‘yicha tavsiyalar ustida ish olib borilmoqda.
Foto: Getty Images
Yevropa komissiyasi Yevropa ittifoqi mamlakatlari uchun safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni Yevropa ittifoqi hududiga qabul qilish va ularga potensial boshpana berish mezonlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Erik Mamer 27 sentabr, seshanba kuni Bryusseldagi brifingda ma’lum qildi.
Shuningdek, u boshpana olish uchun chegaraga kelishning o‘zi kifoya qilmasligini, boshpana so‘rab rasmiy ariza berish muhimligini eslatdi. Mamerning ta’kidlashicha, bu petitsiyalarni ko‘rib chiqish - Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar mas’uliyatidir.
Yevropa ittifoqining tashqi chegaralariga Rossiyadan kelayotgan muhojirlar oqimi bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni Yevropa komissiyasi barqaror deb atab, Rossiya-Finlandiya chegarasidagi o‘sish sur’atlarini qayd etdi.
Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainada jang qilishni istamagan va shu sababli Rossiyani tark etgan rossiyaliklarga boshpana berish istiqboliga turlicha munosabatda bo‘ldi. Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach, Yevropa ittifoqida ushbu toifadagi fuqarolarni Yevroittifoq hududiga qabul qilishda yagona yondashuv bo‘yicha texnik muhokamalar boshlandi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
14:15 / 14.10.2025
Putin tinchlik davrida ham zaxiradagilarni jalb etish huquqiga ega bo‘ladi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
18:39 / 15.07.2025