Yevroparlament raisi Roberta Metsola 28 sentabr, çorşanba kuni Bryusselda rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya va uning hamkasbi Leonid Volkov bilan uçraşdi. Metsola ular bilan yopiq eşiklar ortida ommaviy axborot vositalari iştirokisiz ötgan suhbatni öta konstruktiv deb atadi. Uning sözlariga köra, Navalniy jamoasi Free Navalny global kampaniyasini uyuştirmoqda, Yevropa parlamenti uni töliq ma’qullaydi va qöllab-quvvatlaydi.

«Rossiya biz uçun bu - Navalniy, Magnitskiy, Nemsov - uning qörqmas fuqarolari. Biz Yuliya Navalnaya bilan birgalikda ular xotirasi va Aleksey Navalniyning ozodligi uçun kuraşni davom ettiramiz», - deya ta’kidladi YeI parlamenti spikeri. 

Uçraşuvda, şuningdek, Rossiyadagi repressiyalar va Ukrainaga hujum uçun javobgar şaxslarning sanksiya röyxatini kengaytiriş zarurati muhokama qilindi. Yevroparlament Ukrainaga bu uruşda ğalaba qozonişga yordam beradigan qonunlar va qarorlar qabul qilişda davom etadi, deya işontirdi Roberta Metsola. 

2021 yilda Aleksey Navalniy fikr erkinligi uçun Yevropa parlamenti tomonidan berilgan 2021 yilgi Saxarov mukofotini qölga kiritdi. Qattiq rejimli koloniyada saqlanayotgan muxolifatçi uçun mukofotni uning qizi Darya oldi.