«YouTube'dan körgan videom meni robototexnikaga olib kirgan»
— Asli navoiylikman, Karmana tumanida tuğilib ösganman. Hozirda Toşkent şahridagi IT-parkda robototexnika böyiça menejyerman. Ya’ni robototexnika böyiça 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan auditoriyaga dars beraman. Hozirda 50 dan ortiq şogirdlarim bor. Toşkent axborot texnologiyalari universitetining 2-bosqiç talabasiman. «Uzrobup» kompaniyasi asosçisi va bir neçta startaplar muallifiman.
Bu sohaga qiziqişim 14 yoşimdan boşlangan. Robototexnikaga YouTube'dagi birgina video sabab bölgan. Özbekistondan tajribali ustoz topolmaganman. Bir-ikkita markazlar bölgan, ammo oxirigaça yetişga közim yetmagan. Şundan keyin onlayn platformalar orqali ustozlar topdim. Ulardan 6 oy davomida tahsil oldim.

«Noutbuk yaxşi işlamagani uçun xalqaro musobaqadan qolib ketganmiz»
— Biz (özi va jamoasini nazarda tutyapti – tahr.) iş boşlagan paytda Özbekistondan kerakli qurilmalarni topiş juda qiyin masala edi. Içki bozorda men işlamoqçi bölgan kontroller va sun’iy miyalar yöqligi sababli Xitoydan buyurtma qilganmiz. U ham 3 oy deganda yetib kelgan. Şundan keyin 15 yoşimda faoliyatimni boşlab, robototexnikaga töliq kirib kelganman.
“Barkamol avlod” bolalar markazi men va jamoaga faoliyat yuritişimiz uçun şaroit yaratib bergan. Ungaça heç kim harakat qilmagan, “Barkamol avlod” markazi salohiyatimizni körib yordam bergan. 2018-19 yillarda olimpiadalarga çiqişni boşladik – birinçi olimpiada Qirğizistonda onlayn bölib ötgan. Lekin qatnaşa olmaganmiz, çunki bizda nafaqat qurilmalar bölmagan, balki noutbuk ham yaxşi işlamagan.
Yoş robototexniklar örtasida raqobat bölmas edi, ya’ni xalqaro olimpiadaga çiqiş uçun şahar, viloyat va respublika bosqiçlari bölmasdan töğri xalqaroga çiqardik, çunki mahalliy bozorda raqobatçi bölmagan. Şu sababli faqatgina xalqaro musobaqalarda qatnaşar edik. Biroq yetarli qurilmamiz va şaroitimiz bölmagani sababli bu musobaqalardan qolib ketar edik. 3 marta çiqqan bölsak, hammasida mağlubiyatga uçraganmiz.
Qurilmalar çetdan keladi, arzon ham emas edi. Eng kami 500 dollardan boşlanar edi. Bizda unaqa katta pul bölmagan, yoş edik, hamma narsani ota-onamizga yuklab qöygimiz ham kelmasdi. Çunki musobaqalarga çiqişimizni ham ota-onamiz ta’minlardi.
















