Investitsiyalar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlaniş agentligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Jahon banki bilan birgalikda Özbekistonda xalqaro moliya institutlari mablağlari jalb qilingan loyihalarni amalga oşiriş jarayoni tahliliga bağişlangan yiğilişlar ötkazdi.

Video-konferens-aloqa tarzida OTB bilan bölib ötgan uçraşuvda bankning Özbekistondagi joriy portfeli aholi punktlarini obodonlaştiriş va infratuzilmaviy rivojlaniş, aholi toza içimlik suvidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda amalga oşirilayotgan jami 3,3 milliard dollarlik 21 ta loyihadan iborat ekani ta’kidlandi. 

Xuddi şunday ruhda Jahon banki (JB) vakillari bilan muzokaralar bölib ötdi. Bevosita uçraşuv davomida tomonlar JB kömagida mamlakatda amalga oşirilayotgan loyihalarni tahlil qildilar. Bank Özbekistonda qişloq va suv xöjaligi, transport, energetika, urbanizatsiya, ta’lim va soğliqni saqlaş kabi ustuvor yönalişlarda jami 4,9 milliard dollarlik 28 ta loyihani moliyalaştirmoqda.

Uçraşuv davomida loyihalarni boşqariş jarayonlarini takomillaştiriş, asbob-uskunalar va materiallar sotib oliş, loyihalarga mas’ul bölgan vazirlik va idoralar xodimlari kasbiy mahorati va bilimlarini yanada rivojlantiriş böyiça qator takliflar ilgari surildi.

Yiğilişlar yakunida tegişli «Yöl xaritalari» tasdiqlandi hamda loyihalarni amalga oşiriş aniq muddatlari va vazirlik va idoralar mas’ul rahbarlari belgilandi.