Yetiştirilgan hosilni tez terib oliş va yuqori navga topşiriş fermer uçun muhim. Çunki daromadi şundan. Ilğor terimçilar esa avvalo paxta yaxşi oçilgan maydonga borişadi. Sababi ma’lum, qança köp tersa, şunça köp pul topadi. Şu tufayli paxta terimi mavsumida fermerlar örtasida raqobat paydo böldi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda qöşimça imkoniyatlar yaratiş evaziga terimçilarni jalb qilişga qaratilgan e’lonlar joylaştirilyapti. Bu yaxşi, albatta: mehnat qadrlanmoqda.

Paxta terim mavsumi – qişloq ayoli uçun yilda bir keladigan imkoniyat. Yaxşi terimçi mömaygina daromad qilib olişi mumkin. Örtaça hisoblab körilsa, kuniga 100 kg terilgan paxta uçun 150 ming söm haq tölanadi. Agar oilada bir neçta terimçi bölsa, daromad miqdori ham şunga qarab oşib boradi. Ayni kunlarda paxta dalalarida iş qizğin. Ilğor terimçilar hatto 200 kilogrammgaça paxta termoqda.  

Navoiy viloyati respublikadagi eng kam paxta yetiştiriladigan hududlardan biri. Viloyatning asosan 5 ta hududi – Xatirçi, Navbahor, Qiziltepa, Karmana va Konimex tumanlarida paxta ekiladi.

Karmana tumanidagi “Anvar Axtamov” fermer xöjaligi joriy yilda 46 gektar ekin maydoniga çigit qadagan. Birinçi terimdayoq gektariga 43 sentnerdan paxta topşirilmoqda. Ayni kunda xöjalik paxta dalasida 200 nafarga yaqin terimçi paxta teryapti. Ularning barçasi mahalliy aholi.

Kun.uz muxbiri paxta dalasida bölib, ularning ayrimlari bilan suhbatlaşdi.

Terimçi Saodat Turdiyevaning ta’kidlaşiça, paxta puli terimçilarning xohişiga qarab kunlik yoki beş kunda bir berilmoqda:

“Özim Navoiy şahridagi 6-sonli yotoqxonada smena asosida işlayman. Böş kunlarim oilaviy daromadimizga qöşimça qiliş uçun paxta terimiga çiqaman. Agar paxta yaxşi bölsa, kuniga 200 kg teraman. 20-30 kunda bu tonnalarga aylanadi. Har 5 kunda pulimizni olib turibmiz. Fermerlar hamma şaroitlarni qilib qöygan: issiq ovqat, çoy, içimlik suvi. Topgan pulimizni farzandlarimizni öqitişga, yangi qurayotgan hovlimizga işlatamiz”.

Paxta dalasida xotin-qizlardan taşqari terimçi erkaklarni ham uçratdik. Jumladan, Qobil Inoyatov oilasi bilan har mavsumda 5-6 tonna paxta terar ekan.