«Fuqarolik erkinliklari markazi» Ukraina taşkiloti rahbari va «Yevromaydan SOS» taşabbus guruhi koordinatori Oleksandra Matviyçuk «Ukrainada barqaror demokratik institutlarni barpo etgani uçun» («Töğri turmuş tarzi uçun») Şvetsiya mukofoti bilan taqdirlanadi. U harbiy jinoyatlar uçun xalqaro javobgarlikni jalb qiliş yöllarini modellaştirgan. 29 sentabr, payşanba kuni Stokholm şahar teatrida muqobil Nobel mukofoti deb nomlanuvçi mukofot ğoliblari e’lon qilindi.
Matviyçuk bilan birgalikda mukofot somalilik huquq faollari Fartuun Adan va Iivad Elmanga - «terrorizm va gender zöravonliklariga qarşi Somalida tinçlik, demilitarizatsiya va inson huquqlarini tarğib qilgani uçun», Venesuelaning Cecosesola taşkilotiga - «foydaga yönaltirilgan iqtisodiyotga işonçli alternativ sifatida adolatli va kooperativ iqtisodiy modelni yaratgani uçun» va Afrika energetikani boşqariş institutiga - «iqlim adolati va Ugandadagi qazib oliş energetika loyihalari tomonidan buzilgan odamlarning huquqlariga oid jasoratli faoliyati uçun» beriladi.
2021 yilda rossiyalik ekolog va faol, Rossiyaning «Ekozaşçita!» jamoat taşkiloti hamraisi Vladimir Slivyak Right Livelihood Award mukofoti sovrindori böldi. U «hatto avtoritar Rossiyada ham ommaviy jamoatçilik taşabbuslari davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadigan loyihalarga samarali qarşilik körsatişi» mumkinligini körsatdi. Boşqa loyihalar qatorida u mamlakatdagi birinçi faollardan biri bölib, Germaniyadan Rossiyaga uranni olib kiriş masalasiga e’tibor qaratdi. 2014 yilda Rossiya hukumati «Ekozaşçita!»ni «çet el agenti» deb tan oldi, taşkilot a’zolaridan biri, ekolog Aleksandra Koroleva jinoiy ta’qib tufayli Germaniyadan siyosiy boşpana söraşga majbur böldi.
Bir yil oldin «Töğri turmuş tarzi uçun» mukofoti «Vesna» inson huquqlari markazi asosçisi, belaruslik huquq himoyaçisi Ales Belyatskiyga topşirilgan edi. Taşkilot faollari Belarus hukumati tomonidan bir neça bor tazyiqlarga uçragan - masalan, 2011 yilda Belyatskiy soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ayblanib, mol-mulki musodara qilingan holda 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yevropa ittifoqi davlatlari, AQŞ va xalqaro inson huquqlari taşkilotlari hukmni siyosiy asosga köra, Belyatskiyni esa siyosiy mahbus deb atadi. Xalqaro hamjamiyat bosimi ostida u 2014 yilning yozida erta ozod etildi.












