Hukumat qarori bilan “Özbekiston veterinariya fidoyisi” va “Özbekiston çorvaçilik fidokori” kökrak nişonlari töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Kökrak nişonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:

“Özbekiston veterinariya fidoyisi” kökrak nişoni bilan – veterinariya sohasini rivojlantiriş, sohada nazoratni kuçaytiriş va xizmatlar sifatini oşiriş, epizootik osoyiştalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlaşga munosib hissa qöşgan fuqarolar;

“Özbekiston çorvaçilik fidokori” kökrak nişoni bilan – çorvaçilikni rivojlantiriş, çorva mollari naslini yaxşilaş, ozuqa bazasini mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan şaxslar.

Nomzodlar böyiça takliflar har yili 1 iyulgaça Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga beriladi. Qömita raisi tomonidan nomzodlarni körib çiqiş uçun 5 kişilik komissiyalar tuziladi.

Komissiyalar nomzodlar böyiça takliflarni örganib 1 avgustgaça yakuniy xulosalarni qabul qiladi. Xulosalar asosida qömita raisining kökrak nişoni bilan taqdirlaş töğrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.

Kökrak nişonlari har yili 1 sentabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topşiriladi. Kökrak nişonlari bilan taqdirlanganlarga 1,2 mln söm miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti va esdalik sovğalar beriladi.