«Davlat xizmatlari yangiliklari» kanalida yozilişiça, unga muvofiq endi qonunçilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlari nomlanişi va çegaralari özgarganda, bir hududdan boşqa hududga ötkazilganda (turar yoki noturar köçmas mulk obektida rekonstruksiya, qöşimça va alohida quriliş mavjud bölgan hollar bundan mustasno) davlat xizmatlari körsatilgani uçun yiğimlar undirilmasligi belgilandi.

Senatning «Toşkent viloyati Zangiota, Yuqori Çirçiq, Örta Çirçiq va Qibray tumanlari hamda Toşkent şahri Sergeli, Bektemir, Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlari, şuningdek, Toşkent viloyati va Toşkent şahri çegaralarini özgartiriş töğrisida»gi qarori bilan Toşkent viloyati bir qator aholi punktlari Toşkent şahriga ötkazilgan bölib, uşbu hududlarda yaşovçi aholi mazkur qulaylikdan foydalanişi mumkin.

Bildirilişiça, bir tuman yoki şahar ma’lum bir qismining ikkinçi tuman yoki şaharga qöşilişi yoki yangi tuman/şahar şaklida taşkil etilişi, kelgusida uşbu hududlarda yaşovçi aholi yaşaş manzili nomiga va kadastr hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritiş zaruratini yuzaga keltiradi.

Öz navbatida, fuqarolar mavjud kadastr hujjatlarini yangisiga almaştirişda qonunçilik hujjatlariga muvofiq ma’lum bir tölovlarni amalga oşirgan.