Hafta davomida Ukraina qurolli kuçlari strategik muhim ahaimiyatga ega bölgan şahar tipidagi Kupyansk-Uzlovoy posyolkasini va Oskol daryosi böyidagi aholi yaşaş manzillarini Rossiyadan qaytarib oldi. Bu daryo ustidan ötgan köprik (u orqali harbiy texnikalar ötişi ham mumkin edi) hozirda butkul vayron etilgan. Kupyansk tumani markazini ukrain harbiylari avvalroq ozod etgandi, ammo Xarkiv oblastining kiçik qismi hamon rossiyaliklar istilosi ostida qolmoqda. 29 sentabr kuni Rossiya qurolli kuçlari Kramatorskka raketa zarbalari yölladi: Ukraina hukumatiga köra, kamida 11 kişi yaralangan. Rossiyada safarbarlik davom etmoqda — çaqiruv qoğozi olgan rossiyaliklarning bir qismi turli regionlarda öquv maşğulotlari ötamoqda. Ammo safarbar qilingan rossiyaliklarning bir qismi allaqaçon frontga olib kelingani haqida ham xabarlar bor.

Quyida 29 sentabr, uruşning 218-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kupyansk ukrain harbiylari tomonidan ozod etilganidan keyin

Oskol kölidan yarim vayrona köprik orqali ötib kelgan yigit signal uşlaş uçun smartfonini yuqori kötarmoqda. U döstlari bilan yaqinda ozod etilgan Kupyansk şahridan evakuatsiya bölgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kupyanskdagi Oskol daryosi yaqinida odamlar ukrain harbiylari tanki oldidan yölni kesib ötmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kupyansk atrofida Oskol daryosi böyida ukrain harbiylari tomonidan yakson etilgan rossiyaliklarning jangovar piyodalar maşinasi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kapotida Z yozuvi (Rossiya qurolli kuçlari ramzi) aks etgan avtomobil va uning yonida yotgan odam jasadi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA