"Instagram" ijtimoiy tarmoğidagi "JasJan" akkaunt blogi közdan keçirilgan vaqtda, jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökinib, fuqarolarga haqoratomuz şilqimlik qilib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi videoma’lumot joylaştirilgani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida "Instagram" ijtimoiy tarmoğidagi "JasJan" akkaunt foydalanuvçisi Toşkent viloyatida tuğilgan fuqaro Jasur Şodiyev ekani ma’lum bölgan. Uşbu fuqaro bundan bir neça oy ilgari Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 15 sutka qamoq jazosini ötab çiqqan. 

IIBB xabariga köra, oradan heç qança vaqt ötmay, u öz işini yana davom ettirib, axloqsiz videolarni tarqata boşlagan. Bildirilişiça, bundan közlangan maqsad - ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvçilar sonini sun’iy ravişda köpaytiriş bölgan. 

Bundan taşqari, Jasur Şodiyev va fuqaro Humoyun Muhammadjonov jamoat joyida boşqa bir bloger - Ja’far Yusupovga nisbatan uyatli sözlar işlatib, köpçilikning köz öngida haqorat qilişadi. Bu jarayondan videomaterial tayyorlab, ommaga namoyiş etişadi. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar töplanib, qonuniy çora köriş uçun Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani IIO FMBga yuborilgan.

Mirzo Uluğbek tumanidagi madaniyat va istirohat boğida ötkazilgan sayyor sudda Jasur Şodiyev va fuqaro Humoyun Muhammadjonovga nisbatan sud öqib eşittirildi. Jasur Şodiyevga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi, Humoyun Muhammadjonovga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.