Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning sözlariga köra, hujum bu yerdagi odamlar oblastning rossiyaliklar tomonidan vaqtinça bosib olingan hududidagi qarindoşlarini olib ketiş va ularga yordam körsatiş uçun navbatda turgan çoğda sodir bölgan.

Tergov ma’lumotiga köra, «soat 7:30 atrofida bosqinçi davlat qurollli kuçlari xalqaro gumanitar huquq normalarini nazar-pisand qilmasdan, Zaporijjya böylab raketa zarbasi yöllagan».

«Şahar çetida, avtomobil bozori yaqinida tinç fuqarolarning gumanitar avtokarvoni öqqa tutildi. Hozirga kelib 25 kişi halok bölgani va 74 kişi yaralangani ma’lum, jabrlanganlar orasida bolalar ham bor», deyiladi boş prokuratura xabarida.

Zarba Vasilevka yaqinidagi nazorat-ötkaziş punkti yaqinida berilgan. Bu fuqarolarning avtomobil karvoni Rossiya tomonidan bosib olingan hududga ötişi mumkin bölgan yagona nazorat-ötkaziş punktidir.

Melitopol meri Ivan Fedorovning izohlaşiça, «qarindoşlariga yordam körsatiş, tinç aholi vakillariga zarur dori-darmonlar yetkaziş va ortga qaytiş uçun» odamlar tez-tez rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan hududlarga ötib turişadi.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenko telegramdagi sahifasida, dastlabki ma’lumotlarga köra, Zaporijjya böylab «S-300» zenit-raketa majmuasidan 16 ta raketa uçirilganini ma’lum qilgan.

Zaporijjya oblast prokuraturasi uruş qonunlari va urf-odatlari buzilişi hamda qasddan qotillik sodir etilişi faktlari böyiça jinoiy iş qözğatgan.

Öz navbatida, Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari Vladimir Rogov «terrorçilik akti» ukrain harbiylari tomonidan sodir etilgani haqida aytgan.

Zaporijjya oblastining bir qismi uruş boşidan buyon Rossiya tomonidan işğol qilingan. Oblast markazi bölgan Zaporijjya şahri ukrain armiyasi nazoratida qolgan.

23-27 sentabr kunlari «DXR», «LXR» «respublika»lari va Xerson oblasti qatorida Zaporijjya oblastining vaqtinça egallab olingan hududida ham Rossiyaga qöşiliş böyiça «referendum»lar ötkazildi. Rossiya tomoniga köra, Zaporijjya oblastida göyoki 93,11 foiz kişi «qöşiliş tarafdori» ekanini ma’lum qilgan. Bu körsatkiç Xerson oblastida — 87,05 foiz, «DXR»da — 99,23 foiz, «LXR»da esa — 98,42 foiz qilib körsatilgan.