Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:05 / 01.10.2022
3190
1 daqiqa o‘qiladi
Aholini sifatli dorilar bilan ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari belgilanyapti
Prezidentning “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berish tartibini takomillashtirish va tayinlanishini tartibga solish;
- dori vositalari elektron retseptlar asosida berilishini, sohada elektron axborot almashinuvi tizimini to‘liq joriy etish;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar faoliyatini, ularni litsenziyalash talablarini takomillashtirish;
- dori vositalari, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomalasini aniqlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
- tibbiyot tashkilotlarida dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan bemorlar ta’minotini tartibga solish;
- biologik faol qo‘shimchalarga ruxsat berish tartibini takomillashtirish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026