Prezidentning “Soğliqni saqlaş boşqaruv organlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Soğliqni saqlaş vazirligining xalqaro tajribani örgangan holda, dori vositalari sifati va xavfsizligi ustidan nazorat olib boriş tizimini takomillaştiriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Farmatsevtika faoliyatini nazorat qiliş inspeksiyasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Inspeksiya davlat muassasasi şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligi ğaznaçiligida hisob-varağiga, Özbekiston davlat gerbi tasviri tuşirilgan blankasiga va öz nomi yozilgan muhrga ega böladi hamda bevosita soğliqni saqlaş vaziriga böysunadi.

Inspeksiya asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • farmatsevtika faoliyati böyiça litsenziya talab va şartlariga rioya etilişini nazorat qiliş;
  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani işlab çiqariş, tayyorlaş, ulgurji va çakana realizatsiya qiliş faoliyatini nazorat qiliş;
  • farmatsevtika faoliyatini litsenziya olmasdan amalga oşirayotgan jismoniy va yuridik şaxslarni aniqlaş, ularga örnatilgan tartibda çora köriş, ma’muriy bayonnoma tuziş.

Inspeksiyaga soğliqni saqlaş vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boşliq rahbarlik qiladi. Markaz Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Navoiy köçasi, 4-uy manzilida ijara haqi nol stavkasida joylaştiriladi. Inspeksiya nizomi va strukturasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Soğliqni saqlaş vaziriga epidemiologik vaziyat keskinlaşgan holatlarda qöşimça vaqtinçalik şifo örinlarini taşkil etiş va tugatiş vakolati beriladi.