Dastlabki ikki turda Turkmaniston va Tojikistonni mağlub etib, keyingi bosqiç masalasini muddatdan avval hal etişga ulgurgan Özbekiston milliy jamoasi 3-turda Bahraynga qarşi saf tortdi. Bahodir Ahmedov şogirdlari rasmiyatçilik uçun ötkazilgan bahsda ham raqibni yirik hisobda tor-mor etişdi – 6:1.

Şu tariqa, vakillarimiz yuz foizlik natija – 3 öyinda 9 oçko jamğarib V guruhi ğolibi sifatida çorakfinalga yöllanma olişdi. 2-örin bilan esa Tojikiston keyingi bosqiçga yöllanma oldi. Bahrayn va Turkmaniston 1 oçko bilan sönggi örinlarda qolişdi. Vakillarimiz 1/4 finalda A guruhining 2-örin sohibiga qarşi saf tortişadi.

Osiyo çempionati. 
«B» guruhi. 3-tur
Özbekiston – Bahrayn – 6:1
Hakamlar: Issa Abdulhussayn (Kuvayt), Truong Quok Dung (Vetnam), Leung Çung Yin (Honkong)
Gollar: E.Tölqinov 6, A.Usmonov 20, 30, M.Odilov 22, Ş.Faxriddinov 26, H.Nişonov 27 – Hasan Ali 35.
Özbekiston: 1.Rustam Umarov, 3.Maşrab Odilov, 5.Sunnat Jörayev, 7.Dilşod Rahmatov, 9.Elbek Tölqinov.
Zaxira: 12.Ravşan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nişonov, 10.Davron Çoriyev, 11.Akbar Usmonov, 13.Şahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.