30 sentabr, juma kuni çop etilgan Xalqaro hokkey federatsiyasi (IIHF) xabariga köra, 2023 yilda bölib ötadigan xokkey böyiça jahon çempionati Rossiya va Belarus iştirokisiz ötkaziladi.
«IIHF kengaşining 2022 yil 28 fevraldagi qaroriga muvofiq, Rossiya va Belarus keyingi ogohlantirişgaça IIHF şafeligida ötkaziladigan musobaqalarda qatnaşa olmaydi», — deyiladi hujjatda.
Uşbu mamlakatlarni xalqaro musobaqalardan çetlaştiriş töğrisidagi qaror bekor qilingandan söng amalga oşirilişi kerak bölgan IIHF musobaqalarida Rossiya va Belarus terma jamoalarining kelajakda röyxatga oliş şartlarini tuşuntirib, taşkilot Ukrainadagi uruş rivojini kuzatişda davom etişini ta’kidladi.
Hokkey böyiça 2023 yilgi jahon çempionatiga Latviya poytaxti Riga va Finlandiyaning Tampere şahri birgalikda mezbonlik qiladi. Dastlab çempionat Sankt-Peterburgda ötkazilişi rejalaştirilgan edi, biroq Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiya jahon çempionatini ötkaziş huquqidan mahrum böldi.












