Özbekistonning Jiddadagi boş konsulxonasi kömagida Saudiya Arabistonining Vision Development va Özbekistonning BMB Trade Group kompaniyalari rahbariyati örtasida videokonferensiya şaklida muzokaralar taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqotda Özbekistonda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport hajmini oşiriş masalalari muhokama qilindi. BMB Trade Group kompaniyasi dalalarida yetiştirilayotgan za’faron mahsuloti yuzasidan taqdimot ötkazildi.
Vision Development kompaniyasi boş direktori Mujahid Xan Arbab Xan BMB Trade Group kompaniyasining za’faron va quritilgan mevalarini Saudiya Arabistoniga import qilişga qiziqiş bildirdi. U özbek kompaniyasining Saudiya Arabistonida dilerlik xizmatini körsatişga tayyorligini ta’kidladi.











