Prezidentning “Soğliqni saqlaş boşqaruv organlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Soğliqni saqlaş tizimini boşqariş va rejalaştiriş böyiça konsepsiya hamda strategik maqsadlarni işlab çiqiş, sohadagi islohotlarning töliq şaklda amalga oşirilişi kuzatuvini ta’minlaş maqsadida vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga soğliqni saqlaş vazirining soğliqni saqlaş islohoti va axborot texnologiyalari böyiça maslahatçisi lavozimi kiritiladi.

Soğliqni saqlaş vaziri mazkur lavozimga soğliqni saqlaş sohasida boşqaruv va islohotlarni amalga oşiriş böyiça tajribali va yetuk xorijiy mutaxassisni jalb qiladi.

Davlat budjeti hisobidan moliyalaştiriladigan Soğliqni saqlaş vazirligi markaziy apparati boşqaruv xodimlari çeklangan soni 203 nafar, soğliqni saqlaş hududiy boşqaruv organlari xodimlari çeklangan soni - 586 nafar etib belgilanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalari asosida respublikada bosqiçma-bosqiç tibbiy suğurta tizimi joriy etilayotgani munosabati bilan 1 sentabrdan Soğliqni saqlaş vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 10 ta ştat birligidan iborat Tibbiy suğurta departamenti hamda soğliqni saqlaş tizimidan tugatilayotgan ştat birliklari hisobidan Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 5 ta ştat birligidan iborat Tibbiy suğurta bölimlari taşkil etiladi.