30 sentabr kuni Vladimir Putin «DXR» va «LXR», şuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan hududlarini «Rossiyaga qöşib oliş» böyiça farmonini imzoladi. Undan oldin esa uzundan uzoq nutq sözladi, keçqurun Qizil maydonda «bayramona» konsert uyuştirildi. Yangi hududlar annexia qilinişiga javoban Volodimir Zelenskiy Ukraina NATOga tezlaştirilgan tartibda a’zo böliş uçun ariza topşirişini ma’lum qildi. Şu kuni tongda Zaporijjyada gumanitar karvon öqqa tutildi, natijada kamida 25 kişi halok bölgan: Rossiya va Ukraina bunda bir-birini ayblagan. Putin kuzgi çaqiriq töğrisidagi farmonini imzoladi: unga köra 120 ming kişi muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.

Quyida 30 sentabr, uruşning 219-kuni Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Putin Ukraina hududlari annexiasini e’lon qildi

Xerson va Zaporijjya oblastlarining rossiyaparast «rahbarlari» Vladimir Saldo va Yevgeniy Balitskiy, Vladimir Putin va «DXR» hamda «LXR» «rahbarlari» Denis Puşilin va Leonid Paseçnik RF prezidentining mazkur hududlar «Rossiyaga qöşilişi» haqidagi nutqidan keyin. 30 sentabr kuni Putin Ukraina hududlarini annexia qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Foto: Getty Images

Kunning yana bir fojiali voqeasi — Zaporijjyadagi gumanitar karvonga zarba

Zaporijjyaga raketa zarbasidan hosil bölgan öra. 30 sentabr tongida oblastda gumanitar karvon öqqa tutildi. Ukraina tomoni bunda Rossiya armiyasini, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat — Ukrainani ayblagan. 25 kişi halok bölib, 74 kişi yaralangan.
Kateryna Klochko / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya öqqa tutilişi vaqtida halok bölgan tinç aholi vakili jasadi ustiga tortib qöyilgan mato
Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA