Qurbonlar soni yana ortişi mumkin -  Şarqiy Yava rasmiylari qurbonlar soni soat sayin ösib borganini qayd etgan.

Fojia Malange şahridagi stadionda mahalliy «Arema» klubi va Şarqiy Yava provinsiyasi markazi bölgan Surabayaning «Persebaya» klubi örtasidagi futbol uçraşuvi vaqtida röy bergan.

Öyin mehmonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Final huştagi çalingaç «Arema»ning minglab muxlislari maydonga çopib çiqqan, töqnaşuvlar boşlangan.

Politsiya közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan, tiqilinç yuzaga kelgan. Tibbiyot xodimlari ma’lumotiga köra, ölim holatlarining köp qismi böğiliş tufayli sodir bölgan.

Tartibsizliklar stadion taşqarisida ham davom etgan, bir qança politsiya avtomobillari yoqib yuborilgan. Ikki politsiyaçi halok bölgan.

Hukumat tekşiruv ötkazişni boşlagan. Indoneziya futbol federatsiyasi «Arema» klubiga mavsum oxiriga qadar uy öyinlari ötkazişni taqiqlagan va şu haftada ötkazilişi belgilangan barça öyinlarni keyinroqqa qoldirgan.

Foto: EPA

Indoneziyada futbol öyinlari vaqtida zöravonlik va tartibsizliklar kamdan kam röy beradi. «Arema» va «Persebaya» - ançadan buyon prinsipial raqiblar hisoblanadi. «Persebaya» muxlislariga töqnaşuv xavfi tufayli Malangedagi öyinga çipta sotilmagan. Ammo, Indoneziya xavfsizlik vaziri Muhammad Mahduf instagramida yozişiça, siğimi 38 ming kişilik bölgan bu stadionga şu öyin uçun 42 ming çipta sotilgan. 

Töqnaşuvlar stadion taşqarisida davom etgan. Foto: Getty Images