Tumanning “Oqqörğon” MFYda joylaşgan “Quvnoq Farangiz” Fermer xöjaligiga qaraşli dalada 80 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari paxta termoqda. Dilorom Yöldoşeva terimçilar orasida eng çaqqonlaridan biri ekan.

“Bir kunda 150-200 kilogrammgaça paxta teryapman. Avval hokimiyat tizimida işlaganman. Taşkilotlarga gul tarqatiş bilan şuğullanar edik. Paxta terayotganlar orasida pensiya yoşiga yetgan ayollar köpçilikni taşkil qiladi.

Pullarimizni har 3-5 kunda berib turibdi. 2-3 Fermer xöjaliklari rejasini töldirdik. Köp terganimiz uçun mukofotlar tarqatilyapti.

Yaratganga şukr, bir kunda 200 ming sömdan oşiqqa işlayapman. Bir oiladan ikki-uç nafar terimçi çiqsa 300 mingdan 500 ming sömgaça pul topişyapti.

Har kuni ertalab soat 6:30-7:00 larda dalaga kelib keçki payt 17:30-18:00larda uyga qaytamiz. Bu vaqt orasida 200, ayrimlar esa 250 kilogrammgaça paxta teradi.

Paxta hosili yaxşi bölgani uçun terimda qiyinçilik bölgani yöq. Orada ikki martadan ovqatlanamiz. Yoşlikdan mehnatda çiniqqanmiz. Şuning uçun ham şu yoşga kirgan bölsam-da terim işi unçalik qiyinçilik tuğdirmaydi.

Olgan pullarimni yaxşi niyatlarda töylarga sarf qilmoqçiman. Eng avvalo zamonimiz tinç bölsin. Hamma niyat-maqsadiga yetsin. Haj ziyoratlariga borişni niyat qilib turibman. Mehnat ortidan mablağ yiğib nasib qilsa boramiz.