Ukraina qurolli kuçlari Donetsk oblastidagi Liman şahrini qaytarib oldi. Rossiya mudofaa vazirligi uşbu şahar ustidan nazorat boy berilganini tan oldi va bu Ramzan Qodirov hamda Rossiyadagi uruşning boşqa tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Sönggi kunlarda Liman şahri atrofidagi aholi yaşaş manzillarini nazoratiga olgan Ukraina qurolli kuçlari 1 oktyabr kuni, Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiya tomonidan rasman annexia qilinganidan keyingi kuni Liman şahriga kirişdi.
Kun avvalidayoq ukrainalik harbiylar şaharga kira boşlagani aks etgan video va fotolar tarqaldi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Ondriy Yermak öz tvitterida ukrain harbiylari şaharga kirişdagi stelaga mamlakat bayroğini ilayotgani aks etgan videoni joylaştirdi.
Boşqa bir videoda esa ukrain harbiysi şunday deydi: «Welcome to Liman». U bu videoni şaharga janubdan, Yampil tomondan kirib keladigan temiryöl köprigi ustida turgan holda olgan.
Köp ötmay rossiyalik harbiy muxbirlarning telegram-kanallarida ham Rossiya armiyasi Limanni tark etgan bölişi mumkinligi haqida yoza boşlaşdi.

Kun oxiriga kelib Rossiya mudofaa vazirligi Liman boy berilganini rasman tasdiqladi.
«Yöqotişlarga qaramay jonli kuç va vositalarda sezilarli ustunlikka ega bölgan raqib zaxiralarni işga solib bu yönalişda hujumlarni davom ettirdi. Qurşov xavfi yuzaga kelgani tufayli ittifoqçi qöşinlar Qizil Liman aholi yaşaş manzilidan yanada afzalroq marraga olib ötildi», deya ma’lumot berdi RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konaşenkov. Rossiya harbiy idorasi «ittifoqçi kuçlar» deb «LXR» va «DXR» harbiylarini nazarda tutadi (uşbu hududlarning annexia qilinişi jarayoni keyingi haftada qonunçilikda rasman ifoda etilişi kerak). Konaşenkov odatda Limanni uning sovetça nomi bilan ataydi.
Rossiya armiyasi aynan qaysi «afzalroq marra»ga olib ketilganiga aniqlik kiritilmagan.
Ukrain rasmiylari bundan bir neça soat oldin ham şaharda janglar davom etayotganini ma’lum qilgandi. Ammo keyin ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuçlari Limandagi markaziy maydonda turib bayonot bergan video tarqaldi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Kirill Timoşenko ham bu videoni öz sahifalariga joylaştirdi.
















