Birlaşgan Arab Amirliklarida amaliy safar bilan bölib turgan Özbekiston «Hunarmand» uyuşmasi raisi Uluğbek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Özbekiston elçixonasi kömagida Sheikh Zayed Grand Mosque majmuasi rahbariyati bilan uçraşuv taşkil etildi. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabida bölib ötadigan «Şayx Zoyid» festivalida Özbekiston pavilonini taşkil etiş va özbek hunarmandçiligi mahsulotlarini tarğib qiliş masalalari muhokama qilindi.

Abu-Dabi va Dubay şaharlaridagi yirik savdo markazlarida özbek hunarmandçilik mahsulotlari dökonlarini taşkil etiş yuzasidan fikr almaşildi.

Precise group kompaniyalar guruhi prezidenti bilan bölib ötgan uçraşuvda kompaniya esdalik sovğalarini işlab çiqariş imkoniyatlarini Özbekistonda yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutaş hududda, Precise group kompaniyasiga tegişli savdo maydonida özbek hunarmandçilik mahsulotlari dökonini taşkil etişga töğrisida kelişuvga erişildi.