Hozirda Rossiya-Gruziya çegarasidan ötiş uçun beş kungaça navbat kutiş mumkin. Odamlar butun kunni maşinalarda ötkazadi va şu yerda uxlaydi. Tirbandlikda qolganlarning oziq-ovqat va suv zaxirasi asta-sekin tugab boradi.

Kutiş odamlarni umidsizlikka tuşirmoqda: ular maşinalarini yaqin kişilari keyinçalik olib ketişi yoki sotişi mumkin degan umidda taşlab ketyapti va ba’zan bir neça ön kilometrlik yölni piyoda bosib ötib, çegara nazorat-ötkaziş punktiga yetib bormoqda.

Tirbandliklarda yangi «bizneslar» paydo bölmoqda, masalan, nazorat-ötkaziş punktigaça yetkaziş xizmati. Guvohlarning aytişiça, buning uçun 45 ming rubldan 150 ming rublgaça pul tölanadi. Şuningdek, ularning qöşimça qilişiça, ba’zida bu xizmatni politsiya va çegaraçilar taklif qiladi. Umidsizlik sabab köpçilik bu xizmatdan foydalaniş uçun pul tölayapti.

Oxirgi haftada qança rossiyalik Gruziyaga ötgani hozirça aniq emas. Qozoğiston içki işlar vazirligi esa 21-27 sentabr kunlari mamlakatga Rossiyaning 98 mingga yaqin fuqarosi kirganini ma’lum qildi.

Bir neça kunlab maşinada ötiriş

«Verxniy Lars» sönggi bir hafta içida Rossiyani tark etmoqçi bölganlar uçun umidbaxş joy nomiga aylandi. Agar safarbarlikning dastlabki kunlarida çegaradagi nazorat-ötkaziş punktiga bir neça soatdayoq yetib keliş mumkin bölgan bölsa, hozirda navbatda turganlar buni bir neça kunlab kutişi kerak.

«Bu şunçaki gumanitar inqiroz. Odamlar ba’zida umuman harakatsiz, kunlab maşinalarda ötiradi, suvsiz qoladi», deydi rossiyalik qoçoq Aleksandr çegaradagi vaziyatni şarhlar ekan. U va döstlari bir kunda Bryanskdan Vladikavkazga kelgan va keyin esa bir neça kilometrlik tirbandlikka tuşib qolgan. Ular Gruziya nazorat-ötkaziş punktiga yetib kelişni tört kun kutgan.

«Ba’zi joylarda oldinga yuriş uçun yöl harakati qoidalarini juda keskin buzişga töğri keldi. Bu uyat, şarafsizlik, lekin nima ham qila olardik — bizda heç qanday tanlov yöq edi va oyoqlarimizni zörğa uşlab turardik», deydi Aleksandr.

Uning aytişiça, tirbandlikda turiş va çegarani tört kun içida kesib ötiş allaqaçon amalga oşmaydigan işga aylangan.

Rossiyalik yana bir qoçqin Olga uning oilasining maşinasi tört kundan beri tirbandlikda turganini aytdi. Çegaradan piyodalar ham ötişi uçun yöl oçilganda ular 17 soat harakatsiz turgan.