Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston 2022 yilning dastlabki 8 oyida xorijdan import qilingan mahsulotlar ichida bug‘doy eng katta ulushga ega bo‘lgan.
Foto: Shutterstock
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bug‘doy import qilingan mahsulotlar ichida eng ko‘p ulushga ega bo‘lib turibdi – 465 million AQSh dollari.
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar:
- shakarqamish – 298 mln AQSh dollariga;
- margarin mahsulotlari – 188 mln AQSh dollariga;
- qoramol go‘shti – 142 mln AQSh dollariga;
- o‘simlik yog‘i – 128 mln AQSh dollariga;
- bug‘doy uni – 84 mln AQSh dollariga;
- kakao va shokolad – 72 mln AQSh dollariga;
- kartoshka – 58 mln AQSh dollariga;
- sut mahsulotlari – 53 mln AQSh dollariga;
- bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 48,5 mln AQSh dollariga;
- banan – 34,2 mln AQSh dollariga;
- choy – 30,7 mln AQSh dollariga;
- parranda go‘shti – 29,3 mln AQSh dollariga;
- makkajo‘xori – 23 mln AQSh dollariga;
- qahva – 19 mln AQSh dollariga;
- qandolat mahsulotlari – 17 mln AQSh dollariga.
Mavzuga oid
17:55 / 13.01.2026
Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda
13:49 / 12.01.2026
Qozog‘istonda noqonuniy import kanali fosh etildi: amaldor va fuqaro qamoqqa olindi
13:23 / 10.01.2026
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:54 / 03.01.2026