08:27 / 03.10.2022
16947

Toshkentda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etish uchun yangi kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda

Kameralar yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik kabi qoidabuzarliklarni qayd etishi mumkin.

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Avstriya davlatining Glans Gresselchaft Tashkent nomli korxonasi Alisher Navoiy ko‘chasini raqamlashtirish bo‘yicha taklifi o‘rganilmoqda.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ushbu korxonaga tegishli intellektual foto-videoni qayd etish kameralari yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.

Agar uskunani sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli bo‘lsa, u poytaxt yo‘llarining eng muammoli uchastkalarida paydo bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahar IIBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishni tavsiya etgan.

Top