Xerson oblastida nimalar bölmoqda?

Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastida jiddiy qarşi hujum boşlagan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2 oktyabr kuni harbiylar Ingulets daryosi böyidagi Arxangelsk posyolkasini, şuningdek Mirolyubovka posyolkasini ozod etgani haqida xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqda ukrain harbiysi Mirolyubovkadagi binolardan biriga Ukraina bayroğini örnatayotgani aks etgan surat tarqalgan. Ukrain kuçlari sentabr oyi boşidayoq Mirolyubovka va Arxangelsk atrofida paydo bölgandi.

Ukrain harbiylari Dnepr daryosi böylab ham yuriş qilmoqda. Rossiyalik «voyenkor»larga köra, Ukraina qurolli kuçlari Dnepropetrovsk oblasti bilan çegaradagi Novovoronsovkidan 25 kilometr janubdagi Mixaylovkiga qadar hududdagi bir qança aholi yaşaş manzillarini ozod etgan. Sönggi bir kunda Ukraina qurolli kuçlari taxminan 15 kilometrga ilgarilagan.

Ukraina armiyasi Dudçaniga ham yetib kelgan, Xerson oblastida bölib turgan rossiyalik harbiy muxbirlardan biri Roman Saponkovning 2 oktyabr kuni keçqurun yozişiça, «frontdagi vaziyatni barqarorlaştirişga muvaffaq bölinmagan». Yana bir «voyenkor» Yuriy Kotenok esa ukrain harbiylari Dudçanini egallaşgani haqida yozgan. Rossiyalik «vatanparvar» telegram-kanal «Ribar» 3 oktyabr kuni soat 11:00 holatiga rossiyalik harbiylar Zolotaya Balka qişloğidagi pozitsiyani boy bergani, Ukraina qurolli kuçlari Novovoronsovka — Novoaleksandrovka trassasi böylab mustahkam örnaşgani va Dudçani tomon harakatlanayotganini tasdiqlagan.

Ukraina qurolli kuçlari Dudçani hududidan turib Kaxova GESga yorib ötişni rejalaştirgan, ammo Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo «ular yakson etilgani» haqida xabar berdi. RF mudofaa vazirligi ukrain qöşini Zolotaya Balka — Aleksandrovka yönalişida rossiyaliklar mudofaasi «çuqurligiga kirgani» haqida xabar berdi.

2 oktyabr kuni ukrain askarlari Kreşçenovka va Osokorovka qişloqlariga (Osokorovkaga kirişda tarvuzga qöyilgan yodgorlik bor) kirgani haqidagi video va fotolar tarqaldi.