Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan qanday mahsulotlarni sotib olayotgani aytildi
Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi haqida axborot e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda Rossiyadan 89,1 ming tonna margarin mahsulotlari olib kelingan.
Bundan tashqari, Rossiyadan O‘zbekistonga mos ravishda 20,3 ming tonna hamda 19,7 ming tonna o‘simlik yog‘i va kakao va shokolad ham olib kirilgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- kartoshka – 15 ming tonna;
- bug‘doy uni – 10,3 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 9,5 ming tonna;
- parranda go‘shti – 4 ming tonna;
- baliq va dengiz mahsulotlari – 3,2 ming tonna.
Mavzuga oid
08:46 / 16.07.2026
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026