Samarqandlik bu oilaning ğami çeksiz. Yetti farzandning uçinçisi, bir qizaloqning otasi Mirkomil oğir dard — jigar sirroziga çalingan.
“Bu şunday dard ekanki, odamni yiqitmaydi ham, tik ham qilmaydi, sudraydi. Ikki yildan beri ikki kun uyda bölsam, tört kun şifoxonadaman. Vaqti kelsa qölimni ham kötarolmay qolaman”, deydi Mirkomil Xursandov.
Ikki yildan beri ötkazilayotgan tinimsiz muolajalar endi naf bermayotgani bois unga jigar köçiriş operatsiyasi zarur. Mirkomilga ukasi donorlik qilib uning hayotini saqlab qolmoqçi. Lekin operatsiya uçun ketadigan katta miqdordagi mablağni topiş örtahol oila uçun muammoga aylangan.
“Qizaloğimni öylayman. Endi tört yaşar böldi. Ayni otasining oldiga yugurib çiqadigan davri. Dadajon, deb atrofimda parvona, körmasa turolmaydi. Şu qizim uçun ham yaşaşim kerak. Sönggi vaqtlarda xotiram yomonlaşganini sezyapman, ba’zida heç narsani eslolmay qolaman.
Inson bir jonini berib qutuladi, lekin uning ortida qolganlarga qiyin böladi”,- deydi Mirkomil umid va ökinç bilan. Uning titrayotgan ovozidan bu gaplarni aytiş naqadar oğir bölayotganini seziş qiyin emas.
Bemorning onasi Oybanot opa şu farzandini davolatiş uçun bor-budini sotişga majbur bölişgani, yaşab turgan uylaridan bölak heç narsa qolmaganini közlarida yoş bilan gapiradi.
Ming istihola bilan kelgan bemor va uning onasi yaxşilar kömagidan umidvor. Imkoningiz bölsa bir oilaga taşvişlarini aritişda yordam bering.
Mirkomil Xursandovga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 0609 3226 6605 turmuş örtoği Latofat Xöjamurodova nomida
Humo: 9860 0303 2778 1271 ukasi Murtazo Ismoilov nomida
Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, Ğijduvon mahallasi.












