«Gazprom» Moldovaga özi berişi şart bölgan gaz miqdorining atigi 70 foizini yetkazib berib, «Moldovagaz» bilan şartnoma böyiça öz majburiyatlarini buzmoqda. Bu haqda 4 oktyabr, seşanba kuni Moldova hududiy rivojlaniş va infratuzilma vaziri Andrey Spinu ma’lum qildi. «Gazprom» öz majburiyatlarini buzmoqda va qiş arafasida moldovaliklarga gaz bermaslik uçun bahona qidirmoqda», — deb yozdi u Telegram-kanalida.

Vazirning sözlariga köra, «Moldova Respublikasi har doim gaz uçun, şu jumladan, oldindan tölagan». «Tölovlarning biroz keçikişi tabiiy gaz narxining katta ösişi bilan boğliq», deb tuşuntirdi Andrey Spinu.

Öz navbatida, «Moldovagaz» AJ boşqaruvi rahbari Vadim Çeban kompaniya oktabr oyida Rossiya energetika konserni oldidagi şartnoma majburiyatlarini bajariş uçun barça sa’y-harakatlarini amalga oşirişiga işontirdi.

Avvalroq, öşa kuni «Gazprom» 2022 yil davomida «Moldovagaz» yetkazib berilgan gaz uçun tölov muddati töğrisidagi kelişuv şartlarini muntazam ravişda buzganligini, şuningdek, yetkazib beriş hajmi böyiça şartnoma majburiyatlarini özgartiriş uçun bir neça bor murojaat qilganini bildirgan edi.

Şu munosabat bilan, rossiyalik monopolist «barça huquqlarini, jumladan, 2022 yil 20 oktyabrgaça gaz uçun tölov majburiyati buzilgan taqdirda, «Moldovagaz» AJning tarixiy qarzini tölaş böyiça şartnoma tuziş muddatlarini qöpol ravişda buzganligi sababli yetkazib berişni töliq töxtatişni, şartnomani istalgan muddatda va har qanday vaqtda bekor qiliş huquqini özida saqlab qoladi», deya ma’lum qildi.

«Gazprom» Moldovaning gaz böyiça tarixiy qarzini tölaşni talab qilmoqda, Rossiya kompaniyasi hisob-kitoblariga köra (penyalar bilan birga), u - 709 million dollar. Öz navbatida, Kişinyov qarz miqdoriga e’tiroz bildiryapti va mustaqil tekşirişni talab qilyapti.

«Moldova Respublikasining manfaati töğri va real miqdorlarni tölaşdan iborat. Moldova unga tegişli bölmagan qarzlarni tölamaydi», - dedi Andrey Spinu bu borada.