Jidda şahridagi Özbekiston boş konsulxonasi tomonidan respublika mahsulotlari eksporti hajmini oşiriş maqsadida Makka şahridagi Golden Star kompaniyasi boş direktori Abdulmu’in Zurgi bilan uçraşuv taşkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat davomida Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar, iqtisodiyotni liberallaştiriş va taşqi savdoni rivojlantiriş yölidagi islohotlar, xorijiy importyorlar uçun yaratilgan qulayliklar hamda respublikadagi eksport muhiti jozibadorligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Abdulmu’in Zurgi Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlarga xomaşyolarni yetkaziş maqsadida Osiyo mintaqasidagi jyelatinli kapsulalar bozorini örganib çiqqanini ma’lum qildi.

Aholisi 90 foizidan ortiği musulmon bölgan Özbekistonda işlab çiqariladigan mahsulotlar halolligiga işonç hosil qilgan holda, Abdulmu’in Zurgi mamlakatdagi kompaniyalar bilan hamkorlikni örnatiş istagini bildirdi. 

U MMM Amin Bio kompaniyasi (Halal Gelatin Collagen Manufacturer) bilan hamkorlik örnatiş asnosida Özbekistondan jyelatin kapsulalarini import qilişga qiziqiş bildirdi.