Unda aytilişiça, yangi sanksiyalar Yevropa ittifoqining Rossiyaning yaqinda Ukraina hududlarini annexia qilganiga javobi sifatida joriy etilmoqda.
Sakkizinçi sanksiyalar paketi orasida neftni uçinçi davlatlarga belgilangan çegaradan yuqori narxda taşişni taqiqlaş közda tutilgan.
Bundan taşqari, pölat, plastmassa mahsulotlari va kimyoviy moddalarning ayrim turlarini taqiqlaş ham rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, Rossiya taşkilotlariga IT-xizmat va yuridik xizmatlar körsatişni taqiqlaş çeklovi bor.
Avvalroq Rossiyadagi bosmaxonalar sanksiyalar tufayli işini töxtatişi mumkin ekani xabar qilingandi.
Ğarb davlatlarning yetkazib beriş töxtatilgan uskunalari Rossiya bosmaxonalari quvvatining 90 foizini taşkil etgan.
Rossiya bosmaxonalari jihozlarining 90 foizi Yevropa, Şimoliy Amerika va Yaponiya uskunalari hissasiga töğri kelgan. Rossiyaga eng yirik eksportçilar Germaniya, Şveytsariya, Italiya, Kanada va Yaponiya bölgan.













