Ukrainada uruşning 224-kunidagi asosiy voqealar:
- Vladimir Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga ötkaziş haqidagi farmonni imzoladi. Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi AES «Ukrainada işlaşda davom etayotgani»ni ma’lum qildi. BBC aniqlaşiça, rossiyalik harbiylar xodimlarni Rossiya operatori bilan işlaşga köndiriş uçun bosim qilmoqda.
- Zaporijjya AESning ukrainalik xodimlari stansiyaning olti reaktoridan birini qayta tuşirişga tayyorlanmoqda. Hozirda ularning barçasi işlaşdan töxtatilgan.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuçlari Xerson oblastining Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlarida yana bir qator aholi yaşaş manzillari ozod etilganini ma’lum qildi. Regionning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati esa hududdagi rus qöşinlari «javob zarbasi beriş uçun» qayta guruhlanayotganini ma’lum qilgan.
- Kiyev oblastidagi Bila Tserkva şahriga tunda Eronning 12 dona Shahed-136 kamikadze dronlari bilan hujum uyuştirilgan. Ulardan oltitasi nişonga borib tekkan. Şu kuni keçqurun telegram-kanallarda Odessa şahriga ham şu kabi dronlar bilan hujum qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
- Xarkiv oblastida şu kunlarda Ukraina armiyasi nazoratiga qaytarilgan Peski-Radkovskiye posyolkasida ukrain tergovçilari rossiyalik harbiylar mahalliy aholini qiynoqqa solişda foydalangan kameralarni aniqlaşdi.
- «Agora» huquq taşkiloti rahbari Pavel Çikov Rossiyada safarbarlikdan böyin tovlaş holati böyiça ilk jinoiy iş oçilganini ma’lum qildi.
Quyida 5 oktyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Ozod etilgan Limandagi hayot

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press






























