Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida (ITSV) Özbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Yiğişda investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Olim Rustamov, Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyoda yangi bozorlarni yaratiş böyiça maslahat dasturi mintaqaviy koordinatori Tarik Şaxoviç hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining Erkin iqtisodiy zonalar böyiça mintaqaviy mutaxassisi Kreyg Gize iştirok etdi.

Uçraşuv davomida xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat işçi guruh taşkil etiş hamda xalqaro tajribadan kelib çiqib, maxsus iqtisodiy zonalar böyiça yangi tahrirdagi dastlabki qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça takliflar muhokama qilindi.

Muhokamalar natijasida mazkur işçi guruhga vazirlikdan Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantiriş boşqarmasi va ITSV Yuridik boşqarmasidan nomzodlar biriktirildi.