
Dökon sotuvçilari bunga sabab qilib dökonga mahalliy işlab çiqaruvçilarning qadoqlangan sut mahsuloti yetkazilmayotgani, çunki sut bazaning özida ham qolmaganini körsatişmoqda.
«Sut yöq. Bugunning özida ellikdan oşiq odam şu mahsulotni sörab kirişdi. Tarqatiladigan joyida yöq, olib kelişmayapti. Keça ham bor edi, odamlar bir olganda ikki-uçtadan xarid qilişdi. Sut nega yöq desak, öt yöq, yem qimmat, mollar toğga qoçib ketdi, deydi har doim sut olib keladigan vositaçi yigit», — deya yarim hazil, yarim çin javob berdi Yunusobod 11-mavzeda savdo qiladigan dökondorlardan biri.
Korzinka.uz va Makro singari katta savdo markazlarida Özbekistonda işlab çiqarilgan sutlar kişi boşiga ikkita ba’zi joylarda törttadan ortiq sotilmayapti.

Bugun, 6 oktabr holatiga köra, rastalardan şu sutlar ham yöqoldi. Yunusobod Megaplanet savdo majmuasida joylaşgan Makro riteyleri sut rastasida faqatgina Rossiya va Litvadan import qilingan sutlarni köriş mumkin. Ularning narxini esa oddiy aholi çöntagi kötarmaydi. Misol uçun, Rossiyaning «Prostokvaşino» nomi ostida qadoqlangan yoğliligi 1,5 foizli sutlar 24 590 söm, 2,5 foizligi 27 590 söm va 3,2 foizligi 29 990 sömdan savdoga çiqarilgan.



Narxlar mahsulot taqçilligi vujudga kelgani sabab keskin oşganini köriş mumkin. Çunki aynan «Prostokvaşino» sutining 3,2 foizligi avgust oyida mazkur supermarketda 14 490 sömdan sotilgan.

«Laktel», «Musaffo» singari özimizda işlab çiqariladigan sut kelmayapti. Işlab çiqaruvçilar xaridorlar soniga hisoblab odam boşiga törttadan ortiq berişmayapti», — deydi Korzinka supermarketi xodimi.
Ijtimoiy tarmoqlarda sut narxi oşişi va rastalardan yöqolib qolişining asosiy sababi sifatida hozirda sotuvlar böyiça dunyodagi eng yirik oziq-ovqat qadoqlaş işlab çiqaruvçisi Tetra Pakning Rossiya bozorlaridan ketgani körsatilmoqda.













