ŞHT Samarqand sammiti doirasida «Özbektelekom» Xitoy kompaniyalari bilan respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça qiymati 506,8 mln AQŞ dollariga teng 4 ta investitsiya loyihasi ijrosi yuzasidan kelişuvga erişdi.
Mazkur loyihalarni amalga oşiriş böyiça Huawei va ZTE korporatsiyalari «Özbektelekom» örtasida jami 8 ta şartnoma imzolandi. Loyihalar tatbiq etilişi natijasida:
- aholi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari va qamrovi yanada kengaytiriladi;
- körsatilayotgan xizmatlar sifati oşiriladi;
- xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yöllari böylab yuqori tezlikdagi mobil internet bilan töliq qamrab olişga;
- respublika böylab temiryöllarda yuqori tezlikdagi mobil internet bilan töliq qamrab olişga;
- Toşkent şahrida va barça viloyatlar markazlarida beşinçi avlod 5G standartidagi tayanç baza stansiyalari örnatişga;
- ma’lumotlarni uzatiş va magistral transport tarmoqlari ötkazuvçanlik qobiliyatini kengaytirişga erişiladi.











