Rossiya armiyasi jang maydonida va çekiniş vaqtida juda köp miqdorda harbiy texnika va qurollar qoldirgan, The Wall Street Journal naşri oçiq manbalar tahlili va harbiy amaldorlarga tayanib xabar berişiça, bu uruş boşlanganidan buyon Ukrainaga Ğarbning istalgan davlatidan kelgan yordam hajmidan köproqdir.
Oryx tahliliy loyihasiga köra, Ukraina qurolli kuçlari rossiyaliklarning 460 tankini (Ğarb davlatlari 320 ta tank yetkazib bergan), 92 ta öziyurar qurollar, 448 ta jangovar piyodalar maşinalari (Ğarbdan 210 ta kelgan), 195 ta jangovar zirhli maşinalar (Ğarbdan40 ta kelgan) va 44 ta raketa tizimlari (Ğarbdan 70 ta kelgan)ni özlaştirgan. WSJ bu ma’lumotlar oçiq manbalarga asoslangani, aslida egallab olingan texnikalar miqdori bundan ham köproq bölişi mumkinligiga e’tibor qaratgan.
«Bizda öljalar şunçalik köpki, ularni nima qilişni bilmaymiz. Biz piyodalar bataloni sifatida boşlagandik, endi, aftidan mexanizatsiyalaşgan batalon bölamiz», deydi «Karpatskaya seç» bataloni ştab boşliği örinbosari Ruslan Andreyko.
Şu bilan birga, Oryx tahlilçisi Yakub Yanovskiy qayd etişiça, rossiyaliklardan ölja qilib olingan qurollarning faqat bir qisminigina janglarda qöllaş mumkin: «Ular qölga kiritayotgan texnikalarning bir qismidan juda samarali foydalaniş mumkin bölsa-da, qolgan qismini faqat muzeylarda saqlaş mumkin».
Ammo, WSJ xabariga köra, sönggi oylarda Ukraina qurolli kuçlari rossiyaliklarning T-90 tanklari va BTR-82 zirhli transportyorlari kabi nisbatan zamonaviy harbiy texnikalarini qölga kiritişga muvaffaq bölgan.
Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi rahbari Oleksiy Danilovning aytişiça, köp hollarda ölja olingan yirik texnikalar moddiy-texnik ta’minot qömondonligi orqali taqsimlanadi, yengil qurollar va öq-dorilarni esa ularni qölga kiritgan bölinmalarning özi işlatişi mumkin. Ammo «Karpatskaya seç» bataloni öziyurar gaubitsalarni boşqa bölinmalarga topşirgan holda ekipaj topilgan tanklarni özida olib qolişga muvaffaq bölgan. Hozirda tanklar batalonga biriktirilgan va muntazam ravişda öq-dori va yonilği bilan ta’minlanmoqda.
- BBC sentabr oyi boşida uruş boşidan buyon Ukraina Ğarb davlatlaridan 15 milliard dollarlik qurol-yaroğ qabul qilib olgani haqida xabar qilgandi. Bu borada yetakçilar AQŞ (8,79 milliard), Polşa (1,83 milliard), Buyuk Britaniya (1,36 milliard) va Kanada (950 million) bölgan.













