Bangkok şahridagi Özbekiston boş konsulxonasida Bangkok Islom qömitasi idorasi vitse-prezidenti Prasob Pusamleye, Arab universitetlari bitiruvçilari uyuşmasi prezidenti Ğazi Şamsuddin bilan uçraşuv ötkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tailand tomoni qirollikning musulmon aholisi orasida Özbekiston islom qadamjolarini ziyorat qiliş, islom muhaddislari Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boşqa allomalar ilmiy merosini yaqindan örganişga katta qiziqiş mavjudligi ta’kidlandi. Ikki mamlakat örtasida noyabr oyida aviaqatnovlar tiklanişi mazkur yönalişda sayyohlar oqimini yanada oşirişga xizmat qilişi alohida urğulandi.

Muzokaralar yakunida ziyorat turizm yönalişida tailandlik sayyohlarni respublikaga keng jalb qiliş maqsadida Özbekiston islom tamadduni rivojiga qöşgan hissasini Tailand musulmon aholisi orasida faol tarğib etiş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş, Tailand ilmiy doira vakillarini Özbekistonga taşriflarini taşkillaştirişga kelişib olindi.

Uçraşuvda Bangkok Islom qömitasi idorasi tomonidan Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” töplami tay tilida naşr etilgan nusxasi Özbekistonda taqdim etilişi ma’lum qilindi.