Rasmiylarning qayd etişiça, 23 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va köp kvartirali uy-joy fondining 2022/2023 yillar kuz-qiş davrida barqaror işlaşini ta’minlaş töğrisida”gi 522-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan respublikada barça yönalişlarda isitiş mavsumining barqaror ötişini ta’minlaş böyiça aniq vazifalar belgilab berilgan.
Xususan:
- 2 967 ta köp kvartirali uy-joy fondi;
- 1 815 km uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari;
- 1 689 ta nasos uskunasi;
- 24 ta markaziy va mahalliy qozonxona;
- 809 ta turli markadagi qozon;
- 737 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari;
- 88 080 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari;
- 29 135 ta transformator punktini mukammal va joriy ta’mirlaş rejalaştirilgan.
Bugungi kunda hukumat qarori parametrlari böyiça kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş yuzasidan 21 ta qozonxona, 796 ta qozon va 591 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida mukammal hamda joriy ta’mirlaş işlari bajarilgan.
Bundan taşqari, issiqlik ta’minoti sohasida Namangan, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Andijon, Buxoro va Toşkent viloyatlarida modernizatsiya va rekonstruksiya işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu loyihalar amalga oşirilişi natijasida 62 361 ta xonadondan iborat 1 399 ta köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi 310 ming nafardan ortiq aholi hamda 96 ta ijtimoiy soha obektlariga sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasi yetkazib berilişiga erişiladi.
Matbuot anjumanida keltirişiça, respublikadagi 2 958 ta köp kvartirali uyning 545 ming kvadrat metr tom qismi, 2 815 ta uyning kiriş yölaklari, 1 228 ta uy yertölasidagi muhandislik-kommunikatsiyalari, 1 518 ta temir eşik va 1 518 ta kodli qulflar, 2 655 ta elektr taqsimlovçi şit, 591 ta uy içidagi muhandislik tarmoqlari, 967 ta uyning fasad qismini ta’mirlaş va 133 ta köp kvartirali uy atrofidagi umumfoydalanişdagi hojatxonalar qurilgan va ta’mirlangan.
«Özsuvta’minot» AJ tomonidan esa joriy yilning ötgan davrida 1 806 km uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari va 1 728 ta nasos uskunalari mukammal va joriy ta’mirlangan.












