Iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, bunga yil davomida yuz bergan jazirama issiq sabab.
“Özbekistonda oktyabr oyi favqulodda quruq va issiq ötişda davom etmoqda. Yil böyi kuzatilgan jaziramalar va yoğinsiz kunlar afsuski endilikda havoda mavsumiy namgarçilikning ortib borişini çeklab qöymoqda. Şu sababdan mintaqaga taşrif buyurayotgan nam havo oqimlaridan yomğir hosil bölmayapti. Nam havo oqimlari hatto toğlarga öz quvvatini taşlab keta olmayapti. Kuzning uçinçi oyi boşlanib ham yoğingarçilik bölmayotganiga şu omil bölyapti”, deydi u.
Psixologlar fikriça, inson ruhiyati fasllar almaşinuviga organik ravişda boğlangan: kuz yomğirsiz va havo sovimasdan ötsa, miya özi kutgan “rejim”ni işga tuşirolmaydi. Bu odamlardagi içki beqarorlik, sababsiz iztirob, tuşunarsiz huzursizlikka olib kelişi mumkin. Çunki inson miyasi bu nomutanosiblikni xavf deb qabul qiladi.
Bunday iqlim inson kayfiyatiga qanday ta’sir qiladi?
Psixologlar kuzni ruhiy qayta sozlaniş fasli deb ataşadi. Ammo tabiiy hukmronlik, ya’ni hazon, hidlar, yomğir, sovuq havo bölmaganida:
- depressiyaga moyil odamlarda ruhiy çarçoq oşadi
- asabiylik, tösatdan portlaş holatlari köpayişi mumkin
- bolalarda diqqat susayişi kuzatiladi
- kattalarda umidsizlik, kayfiyatsizlik, “rangsiz hayot” hissi ortadi.
Ya’ni bu faqat ob-havo emas — odamlarning kundalik munosabatlarigaça ta’sir qiluvçi omil hisoblanadi.
Bir muammo izidan ikkinçisi
Tahlilçilar fikriça, bu kabi uzoq quruqlik suv tanqisligini kuçaytiradi, qişloq xöjaligi iqtisodiga zarba berişi, energiya tizimiga bosimni oşirişi va eng muhimi, insonlarda yaşirin xavotirni yuqori darajaga olib çiqişi mumkin.
Ekofaol Aqida uşbu muammo ortidan yana bir muammo – suvsizlik ham kelayotganidan ogohlantirgan:
“Noyabr kelyapti hamki, yomğirdan darak yöq. Kun issiq.
Iqlim özgarişi — bu kelajak haqida emas, bu bugungi kun haqida.
Har yili dunyo böylab issiq tölqinlar kuçaymoqda, yomğirlar normadagidan kamaymoqda yoki teskarisi — sel va suv toşqinlari köpaymoqda. Bu tabiatning signalidir.

















