Eng muhimi — tadbirga taşrif buyurgan xörandalar, mehmonlar va sayyohlar uçun xorijiy davlatlardan kelgan oşpazlar mahorat darslarini namoyiş etmoqda.
Ular orasida Saudiya Arabistoni Oşpazlarni rivojlantiriş jamiyati asosçisi va boşqaruv raisi, Butunjahon boş oşpazlar hamjamiyati uyuşmasining (WACS) akkreditatsiyadan ötgan usta oşpazi Xoni Zayn Muhammad, tan olingan barbekyu mutaxassisi, xalqaro oşpazlik hakami, Rossiya Milliy oşpazlar gildiyasining va köplab xorijiy professional uyuşmalarning faxriy a’zosi Nikolay Baratov, Qirğiziston oşpazlar uyuşmasi raisi, xalqaro oşpazlik hakami Şuhrat Şaripov ham bor.
Özbekistor Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va Özbekiston oşpazlar uyuşmasi tomonidan taşkillaştirilgan festivaldan közlangan maqsad Özbekistonning gastronomik salohiyatini keng tarğib qiliş, gastronomik turizm yönalişida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, milliy pazandalik an’analarini ommalaştiriş orqali sayyohlar oqimini köpaytirişdir.
Bugun oçilgan festival ertaga, 8 oktyabr kuni ham davom etadi va unda ğoliblarni taqdirlaş marosimi ham ötkaziladi.
Kun.uz muxbiri Samarqand şahrining Islom Karimov köçasida ötkazilayotgan Gastronomik festivaldan fotolavhalar taqdim etadi.





































