Ukrainadagi yöqotişlar tufayli Vagner xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) Turkiya, Serbiya, Çexiya, Polşa, Vengriya, Germaniya, Moldova, Kanada va Lotin Amerikasida yollanma askarlarni topiş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirdi. Bu haqda 6 oktyabr, payşanba kuni Londonda joylaşgan Middle East Eye naşri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga köra, harbiylaştirilgan tuzilma «Rossiya armiyasining tartibsizligi» tufayli Ukrainada yöqotişlarga duçor bölmoqda. Işga yollaş kampaniyasi Yevropada yaşovçi rossiyalik oligarxlar va ularning mahalliy uyuşgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bölgan vositaçilari orqali amalga oşirilayotgani aytiladi. Middle East Eye naşriga köra, çet ellik yollanma askarlar yuqori maoş orqali jalb etilyapti, ularga oyiga 10 ming dollar taklif qilişyapti. Uruşdan oldin oylik tölovlar 3000 dollardan 5000 dollargaça bölgan, deb yozadi gazeta. Bir Middle East Eye manbasining ta’kidlaşiça, Vagner XHKga «odatda katta harbiy tajribaga ega bölgan odamlar yollanadi», ammo hozirda harbiylaştirilgan guruh «öldirişga tayyor va pulga muhtoj bölganlarni» jalb etişga harakat qilmoqda.

Bir kun avval AQŞning BMTdagi elçisi Linda Tomas-Grinfild Vagner xususiy harbiy kompaniyasini Markaziy Afrika Respublikasi, Mali, Sudan va boşqa hududlarning tabiiy resurslaridan «Moskva uruş maşinasi», jumladan, Ukrainaga tajovuzni moliyalaştiriş uçun foydalanganlikda aybladi. Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) Vagner XHK Telegram-kanal yaratganiga e’tibor qaratdi. Tahlil markazi ma’lumotlariga köra, undan işga qabul qiliş vositasi sifatida ham foydalaniş mumkin.

Sentabr oyida SOTA internet-naşri Vagner xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya koloniyalaridagi mahbuslarni Ukrainaga jönatiş uçun majburlab yollayotgani, frontda olti oy ötgaç, ularga pul va amnistiya va’da qilingani haqida xabar bergan edi. Huquq faoli, «Rus sidyaşçaya» jamğarmasi asosçisi Olga Romanovaning DW naşriga bergan intervyusida aytişiça, bir qator hollarda mahbuslar biznesmen Yevgeniy Prigojin tomonidan şaxsan jalb qilinadi.

Vagner XHKning yollanma askarlari köp yillar davomida Kreml tomonidagi turli qurolli mojarolarda yaşirin iştirok etganlikda gumon qilingan. Moskva har doim xususiy harbiylaştirilgan guruhlar bilan aloqalarini rad etib keladi. Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqador hisoblangan rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin sentabr oxirida Vagner XHK asosçisi ekanligini tan oldi. Uning sözlariga köra, u 2014 yilning may oyida Donbass ayirmaçilarini qöllab-quvvatlaş uçun harbiylaştirilgan tuzilmani yaratgan.