“Madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş çoralari kuçaytirilişi munosabati bilan Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Respublika muzeylarida 2,5 mlndan ortiq moddiy madaniy meros obekti hisoblangan aşyolar va kolleksiyalar saqlanib, ular atigi 5 foizigina ekspozitsiyalarga qöyilgan.

Tahlillarga köra, sönggi 30 yil içida 14 ta davlat muzeyidan 5 mingdan ortiq madaniy qimmatga ega bölgan boyliklar yöqotilgan.

Sönggi bir yil davomida muzeylarda muzey aşyolari va kolleksiyalari qalbakilaştirilişi, öğirlanişi va boşqa tarzda talon-toroj qilinişi bilan boğliq bir qator holatlar aniqlangan.

Şu bilan birga, alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega bölgan aşyolar va hujjatlarni talon-toroj qiliş bilan boğliq holatlar böyiça jinoyat qonunçiligida alohida norma mavjud emasligi, bunday turdagi jinoyatlarni tahlil qiliş, hisobini yuritiş va ularga qarşi ta’sirçan çoralar körişni istisno etmoqda.

Şu munosabat bilan, bu sohada huquqbuzarliklar oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş maqsadida alohida qimmatga ega bölgan aşyolarni talon-toroj qilganlik uçun alohida javobgarlik çorasini belgilaş va ularni sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş taklif etilmoqda.