«Ayni vaqtda töliq körikdan ötgan avtomobillar va avtobuslar uçun harakat oçiq. Yuk avtomobillari haydovçilaridan Kerç parom keçuvi orqali yönalişni rejalaştirişini söraymiz. Ikki soatdan keyin parom harakati işga tuşiriladi», deb yozdi u telegram kanalida. 

Avvalroq, Qrim yarimorolini Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan boğlovçi köprikda yirik yonğin sodir bölgan edi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, köprikda yuk ortilgan avtomobil portlab ketgan. Zarba tölqini oqibatida temir yöldan harakatlanayotgan yuk poyezdining sisternalarida yonğin çiqqan. Milliy antiterroristik qömita hodisani qöporuvçilik harakati deb baholadi. 

Rossiya Tergov qömitasi xabariga köra, portlaş oqibatida uç kişi halok bölgan. Ularning avtomobili portlab ketgan yuk avtomobilini quvib ötayotganida zarba tölqini ostida qolgan. 

Yuk avtomobilining egasi ham aniqlangan. U Rossiyaning Krasnodar viloyatida istiqomat qiluvçi şaxs bölib çiqqan. Uning yaşaş joyida suriştiruv harakatlari boşlangan. 

Ma’lumot uçun, Rossiya 2014 yil Ukrainaning Qrim yarimorolini egallab olgaç, hududni Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan boğlaş uçun Kerç köprigini qurgan edi. Ukraina uruş boşlanganidan buyon Qrim köprigiga zarba berişga haqli ekanini aytib kelayotgan edi.