Moskvaning Tverskiy sudi 7 oktyabr, juma kuni Rossiya hukumati qarori bilan tugatilgan «Xalqaro Memorial» taşkiloti ofisining «Memorial» ilmiy-ta’lim markaziga ötkazilişini noqonuniy deb topdi.
Prokuraturaning «Memorial» mulkini xatlovga oliş va binoni davlat foydasiga ötkazişni söragan tegişli da’vosi qanoatlantirildi.
Sud qarori «Memorial» belaruslik huquq himoyaçisi Ales Belyatskiy va Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi bilan birgalikda tinçlik uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangani ma’lum bölgan kun qabul qilindi.
«Bu biz yaqinda Karetniy ryaddagi uyimizdan ayrilib qolişimizni anglatadi», — deyiladi inson huquqlari taşkilotining öz Telegram-kanalidagi xabarida.
2021 yil 29 dekabrda Moskva şahar sudi Moskva prokuraturasining da’vosi böyiça «Memorial» inson huquqlari markazini tugatiş töğrisida qaror qabul qildi. Bir kun oldin Rossiya Oliy sudi RF Boş prokuraturasining da’vosiga köra, Rossiyada nodavlat taşkilot - «xorijiy agent» sifatida tan olingan «Memorial» xalqaro tarixiy-ta’lim jamiyatini tugatdi. Huquq himoyaçilari «xorijiy agentlar» haqidagi qonunni buzganlikda ayblangan. «Memorial» , öz navbatida, Rossiya rasmiylarining harakatlarini siyosiy sababga ega va nomutanosib holat deb atadi. «Memorial» ilmiy-ta’lim markaziga bu qarorlar ta’sir körsatmadi.












