Musobaqaning oçiliş marosimida Sportni rivojlantiriş vaziri A.Ikromov, Özbekiston Respublikasi xavfsizlik kengaşi kotibi, Özbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov sözga çiqib, triatlonning mamlakatimizda ommalaşib borayotgani va sportçilarning xalqaro musobaqalardagi yutuqlarini e’tirof etişdi. Şuningdek, turnirga yuksak saviyada tayyorgarlik körilgani uçun taşkilotçilariga minnatdorlik bildirildi.

Şundan söng 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportçi triatlonning klassik yönalişi - oçiq havzada 1,5 kilometrga suziş, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yuguriş bahslarida iştirok etişdi.

9 oktabr kuni 160 nafar havaskor atletlar Özbekiston çempionligi uçun kuraş olib borişadi.

Triatlon 2000 yildan beri Olimpiada, 2016 yildan beri Paralimpiada öyinlari dasturiga kiritilgan.