«Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining qarori bilan armiya generali Sergey Surovikin maxsus harbiy operatsiya ötkazilayotgan hududdagi birlaşgan kuçlar guruhi qömondoni etib tayinlandi», — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konaşenkov.
Iyun oyida Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi janubiy kuçlar guruhiga Sergey Surovikin rahbarlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Sergey Surovikin 2017 yildan beri aero-kosmik kuçlar boş qömondoni lavozimida işlab kelayotgan edi. U Tojikistondagi qurolli mojarolarda, Ikkinçi Çeçen uruşida va Suriyadagi harbiy amaliyotda qatnaşgan. 2017 yilda u Suriyadagi harbiy harakatlarda qatnaşgani uçun Rossiya Qahramoni unvonini olgan.
Şu paytgaça Ukrainadagi uruşda Rossiya qöşinlariga kim qömondonlik qilgani haqida rasmiy xabarlar berilmagan edi. Matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga köra, bundan oldin qöşinlarga general Aleksandr Dvornikov rahbarlik qilgan bölişi mumkin.













