Vladimir Putin e’lon qilgan safarbarlik rus oilalarida kelişmovçiliklarga sabab bölmoqda. Hozirda safarbar qilinganlarning qarindoşlari öz yaqinlarini ortga qaytarişga va ular bilan aloqani yöqotmaslikka harakat qilyapti. BBC naşri özi uruşga borişni xohlamagan, ammo ota-onasi bosimi ostida harbiy komissariatga borişga majbur bölgan ikki rossiyalik haqida hikoya qiladi.

— Harbiy komissariatga bormasangiz 3 ming rubl jarima tölaysiz. Agar u yerga borsangiz eng yaxşi holatda ruxlangan tobutda uyga qaytasiz.

— Mening otam sobiq harbiy. Uning aytişiça uruşga boriş kerak, bölmasa ular (politsiya) meni qidirişdan töxtamaydi.

Moskvalik 30 yoşli Igor advokat bilan şunday suhbatlaşgan (safarbar qilinganlarning ism-şariflari ularning xavfsizligi yuzasidan özgartirilgan). Ota-onasi uni harbiy komissariatga borişga köndirgan. Igor hozirda Belgorodda, Ukraina bilan çegaradagi harbiy qism qismda.

Igorga yordam berişga uringan advokat Dmitriy Zaxvatov Igorning ota-onasi haqida fikr bildirib, şunday yozadi: «Bunday ajdodlar bilan heç qanday Putinga ehtiyoj yöq».

Kurskdagi boşqa bir maşğulot markazida belgorodlik 24 yoşli Daniil ham bor. Uning otasi çeçen uruşida qatnaşgan va u ham ota-onasi bosimi ostida harbiy komissariatga borgan. Har ikki yigitning onasi ularga çaqiruvdan boş tortmaslikni maslahat bergan.

Safarbar qilingan bu yigitlarning barça oila a’zolari ham ota-onalari fikriga qöşilmaydi. Igorning opasi qança harakat qilsa-da, ukasiga yordam bera olmagan, Daniilning xotini esa erini uyga qaytarişga muvaffaq bölgan.

«Otam asabiylaşdi va bosim ötkaza boşladi»

Moskvalik Igor 29 sentabr kuni Belgorod şahridan turib, opasi Valentinaga «Joylaşdik, ertadan maşğulotlarga kirişamiz» deya xabar yozadi. U joylaşuv va vaziyat haqida boşqalarga batafsil gapirib bermaslik haqida ogohlantirilgandi.

— Ovqatlantirişdi. Biz palatkalar şaharçasidamiz.

— Sovuq emasmi?

— Ozgina.