8 oktyabr tongida Kerç böğozi orqali ötuvçi temiryöl köprigida portlaş röy berişi oqibatida avtomobil köprigining bir qismi qulab tuşdi. Yonilği töldirilgan bir neça sisternalar yonib ketdi, köprik böylab avtomobil va poyezdlar harakati vaqtinça töxtatildi.

Köprikning maşinalar harakatiga möljallangan qismi öpirilib tuşgan.
Moya Feodosiya / TASS

Şanba kuni keçga borib annexia qilingan Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Sergey Aksenov köprik böylab yengil avtomobillar va avtobuslar harakati tiklangani, bunda barça transport vositalari «töliq tekşiruvdan ötkazilişi», yuk maşinalari esa böğozni parom orqali keçib ötişi mumkinligini ma’lum qildi.

Şuningdek, köprikdagi portlaş va yonğin oqibatida şikastlangan temiryöl ham tezda ta’mirlanişi va’da qilindi. Şu kuni keçqurun «Rossiya temiryöllari» 15 vagonli ilk poyezd ta’mirlangan köprik orqali ötgani haqida xabar berdi.

Köprikdagi portlaş va yonğin haqida ilk xabarlar 8 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 6 atrofida tarqala boşladi.

Mahalliy rasmiylar köprik böylab harakatlangan yuk poyezdida yonilği töldirilgan sisternalar yonib ketgani töğrisida xabar berişdi. Bu haqda dastlab annexia qilingan Qrim rahbari maslahatçisi Oleg Kryuçkov aytdi, keyin uning sözlarini «Qrim temiryöllari» matbuot xizmati tasdiqladi. «Kema arkalari şikastlanmagan. Hodisa sababi va oqibatlari töğrisida gapirişga hali erta. Yonğinni öçiriş böyiça iş olib borilmoqda», deya yozdi Kryuçkov öz telegram-kanalida.

Reuters / Scanpix / LETA

Keyinroq Rossiya Milliy aksilterror qömitasi Qrim köprigida yuk avtomobili portlatilgani, bu esa parallel temiryöldagi poyezdning yonilği töldirilgan yettita sisternasi yonib ketişiga olib kelganini ma’lum qildi.

Rossiya Tergov qömitasi Qrim köprigidagi portlaş oqibatida uç kişi halok bölganini ma’lum qildi. «Bular portlatilgan yuk maşinasi yaqinida harakatlangan yengil avtomobil yölovçilari bölgan. Ayni vaqtda suvdan ikki kişi jasadi olib çiqilgan - erkak va ayol, ularning şaxsi aniqlaştirilmoqda», deyilgan idora telegram-kanalida.

Bundan taşqari, Tergov qömitasi xodimlar portlatilgan yuk maşinasi va uning egalari haqida ma’lumotlar ham aniqlanganini ma’lum qildi. «Bu Krasnodar ölkasida yaşagan şaxs, uning yaşaş joyi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Avtomaşina harakati yönalişlari örganilib, hujjatlaştirilmoqda», deyilgan xabarda.